Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 6 barobarga oshgan

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 6 barobarga oshgan

2023-yilda Afg‘oniston O‘zbekiston bilan 266 million dollarlik tovar ayirboshlash amalga oshirgan.

Tolibon hukumatining Sanoat va savdo vazirligi matbuot kotibi Oxundzoda Abdul Salam Javodning ma’lum qilishcha, bu boradagi ko‘rsatkich 2022-yilda 44 million dollarni tashkil etgan.

Afg‘onistonning O‘zbekistonga eksporti esa o‘tgan yili 27 million dollarga yetgan.

«Bizning O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo aloqalarimiz bor va u 2023-yilda 27 million dollarlik eksport va 239 million dollarlik importni tashkil qildi. O‘zbekistonga eksport qilinadigan mahsulotlarimizning asosiy qismini quritilgan meva, meva sharbati, o‘rik, kunjut, gilam va boshqa mahsulotlar tashkil etadi. Import qilinadigan mahsulotlarimiz esa elektr energiyasi, un, loviya, kimyoviy o‘g‘itlar, neft va gaz», – deydi Abdul Salam Javod.

Shuningdek, mamlakat Savdo-sanoat palatasi Afg‘onistonning mintaqa davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston orqali Xitoy bilan bog‘lanish rejasi amalga oshirilayotganini bildirdi.

«Biz Rossiya va Yevropa bilan bog‘lanishni istaymiz va bu masalaga e’tibor qaratishimiz lozim. Palatamiz Xitoy bilan bog‘lanish yo‘llari borasida reja ustida ishlamoqda», – dedi Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi rahbari Mirvays Hotak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring