6,5 soat uxlash sog‘likka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi
Oslo universiteti (Norvegiya) olimlari uyquning ideal davomiyligi 6,5 soat ekanligini ta’kidladi, deb xabar beradi Nature.
Tadqiqotchilar bir necha yil davomida 20 yoshdan 89 yoshgacha bo‘lgan 4 ming kishining uyqu jarayonini kuzatdilar. Bundan tashqari, mutaxassislar 47 ming kishining miya tashxisi natijalarini o‘rganishdi. Eksperiment ishtirokchilarining hayoti davomida o‘rtacha uyqu davomiyligi ko‘plab anketalar yordamida hisoblab chiqilgan.
«Tadqiqot mualliflari uyquning ideal davomiyligi 6,5 soat, kritik pastki chegara – 5,7 soat, yuqori chegarasi esa 7,3. Bu vaqt miya salomatligi va umuman, sifatli uyqu uchun optimal hisoblanadi», – deya qayd etadi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter