459 kishi suv toshqinlarida halok bo‘ldi — JAR
Janubiy Afrika Respublikasining Kvazulu-Natal shtatida suv toshqinlari qurbonlari soni 459 kishiga yetdi. Bu haqda 29-may kuni «Bloomberg» xabar berdi.
O‘tgan oy shtat so‘nggi 30 yil davomidagi eng kuchli suv toshqinlarini boshdan o‘tkazdi. Shtatga xorij mamlakatlari va tashkilotlaridan yordamlar kelmoqda.
JARda kuchli yomg‘irlar sababli eng xavfli ogohlantirish darajasi e’lon qilingan. Mamlakat meteoxizmatiga ko‘ra, suv toshqinlari payti shtatning ayrim hududlarida 200 millimetrgacha yog‘in yoqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter