Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilgacha kutamiz... JSST eksperti koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash natijasi haqida

2022-yilgacha kutamiz... JSST eksperti koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash natijasi haqida

Foto: «Pixabay»

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya qanchalik tez natija beradi? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan Jenevada o‘tgan brifingda aytishicha, aholida jamoaviy immunitet hosil bo‘lishi uchun kamida 2022-yilgacha kutishga to‘g‘ri keladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Vaksina chiqqanidan so‘ng barcha yoki hech bo‘lmaganda aholining 60-70 foizida virusning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatuvchi immunitet (jamoaviy immunitet) hosil bo‘lishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Gap virusning butunlay yo‘q bo‘lishi emas, balki uning hozir jamiyatga, hayotga ko‘rsatayotgan ta’sirini pasaytirish haqida bormoqda. Bu o‘zgarishni ko‘rishimiz uchun 2022-yilni kutishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Svaminatan.

Hozirda izlanilayotgan vaksinalar sinovlardan o‘tishi, litsenziyalanishi va ishlab chiqarilishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Svaminatanning fikricha, jarayon «optimal ssenariy» bo‘yicha rivojlangan taqdirda ham cheklangan miqdordagi vaksinalar dozalari mamlakatlarga 2021-yil o‘rtalarida yetib boradi.

Ekspert koronavirus va antinachalar bo‘yicha testlashda erishilgan katta qadamga ham e’tiborni qaratdi. Test olish narxlari pasaymoqda, umid qilamizki, tez orada odamlar o‘zlarini o‘zlari testlash imkoniga ega bo‘lishadi, dedi u.

Test olish imkoniyatining kengayishi pandemiyaga qarshi kurashish strategiyasini o‘zgartiradi. Kasallik qanchalik tez aniqlansa, shunchalik tez davolanish boshlanadi, og‘ir holatlarning oldi olinadi, ta’kidladi Svaminatan.

«Hozir pandemiya boshlanishidagiga nisbatan o‘lim holatlarining pasayishida aynan testning o‘rni katta», — dedi JSST eksperti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring