Yaponiya dunyodagi eng kichik raketani uchirdi (video)

Yaponiyaning JAXA koinot agentligi qattiq yoqilg‘ida harakatlanadigan SS-520-5 raketa tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda «NV.ua» xabar bermoqda.
Dunyodagi eng kichik raketa mamlakat janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasidagi Utinoura kosmodromidan 3 fevral, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:03 da uchirildi.
Raketa Tokio universitetida ishlab chiqilgan 3 kilogrammli geologiya-qidiruv va aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqadi. Mazkur qurilma Yer yuzasini suratga olishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter