Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalga yana ikkita yangi xizmat qo‘shildi

Yagona portalga yana ikkita yangi xizmat qo‘shildi

Foto: «my.gov.uz»

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining uy-joy kommunal xizmatlari bo‘limiga yana ikkita xizmat qo‘shildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Yangi yo‘lga qo‘yilgan «Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish» xizmati tegishli taomillarni o‘tkazish uchun mutaxassisni chaqirish imkoniyatini beradi. 

«Iste’molchilar issiqlik tarmoqlarini va issiqlikdan foydalanish uskunalarini ishga tushirishga ruxsatnoma berish» servisi esa zarur hujjatlarni olishga buyurtma berish uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, YaIDXPning UKX bo‘limida suv ta’minoti va suv oqava, elektr tarmoqlariga, issiqlik ta’minoti tarmog‘i va gaz tarmoqlariga ulanishda taomillardan o‘tishga buyurtma berish mumkin. «Elektr ta’minoti korxonasi vakilini chaqirish» xizmati yordamida ma’lumotnoma olish, hisoblagichni o‘chirish, almashtirish, o‘rnatish va plombalash uchun mutaxassisni sizga qulay vaqtga chaqirish mumkin.

 Gazchilar tomonidan «Gaz ta’minoti bo‘yicha qarzdorlik/ortiqcha to‘lovni oldindan hisob-kitob qilish» xizmatidan foydalanish imkoniyati taqdim etilmoqda.

 «Kommunal xizmatlar» servisi yordamida avtomatik rejimda kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik holatini tekshirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring