Xitoyda yangi avlod superkompyuteri taqdim etildi
Tyanszin milliy superkompyuter markazi Xalqaro intellektual kongressida yangi superkompyuter prototipini namoyish etdi. «Tyanxe-3» nomini olgan qurilma soniyasiga 1 kvintillionta operatsiyani bajarishga qodir, deb xabar berdi «NV.ua».
Bu mazkur prototipning ilk rasmiy taqdimoti hisoblanadi. Yangi superkompyuter energiya inqirozi, tibbiyot va iqlim o‘zgarishi kabi global muammolarni yechishda yordam berishi kutilmoqda.
Xususan, supermashinadan gen injeneriyasida oqsillarni tahlil qilishda foydalanish rejalashtirilgan. Bu orqali tibbiyot sohasida yangi kashfiyotlar amalga oshiriladi. Shuningdek, «Tyanxe-3» zilzilalarini batafsil modellashtirishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi superkompyuter mamlakatda yaratilgan birinchi «Tyanxe-1» superkompyuteridan 200 barobar tezroq ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter