«Xiaomi»ga salom! Smartfonni besh daqiqada 100 foiz quvvatlantiruvchi texnologiya ishlab chiqildi
Kembrij universiteti olimlari yangi texnologiyani o‘ylab topishdi — uni qo‘llab smartfon akkumulyatorini sanoqli daqiqalarda 0 dan 100 foizgacha quvvatlash mumkin. Bu haqda «Gizmochina» yozmoqda.
Aniqroq aytganda, smartfon akkumulyatori to‘lishi uchun 5 (besh) daqiqa yetarli. Qolaversa, kembrijlik olimlarga ko‘ra, ularning yangi texnologiyasi juda arzon, xavfsizlik darajasi esa yuqori. Xususan, quvvatlanish jarayonida qizib ketishdan asrab, akkumulyator umrini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash texnologiyani yaqindagina «Xiaomi» ham taqdim etgandi. Bu kompaniyaning 200 vatt quvvatli qurilmasi «Mi 11» smartfoni batareyasini 0 dan 100 foizgacha to‘ldirish uchun atigi 8 daqiqa sarflagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter