«Xiaomi» «ayfon»ga o‘xshash texnologiyali va ekranosti kamerali smartfon chiqaradi
![«Xiaomi» «ayfon»ga o‘xshash texnologiyali va ekranosti kamerali smartfon chiqaradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1990818780.jpg)
Taniqli insayder Digital Chat Station «Xiaomi» kompaniyasi Xiaomi MI 11 Ultraga o‘xshash yangi flagman chiqarishini ma’lum qildi. «Ferra» yozishicha, unda «iPhone» va «Samsung» flagmanlaridagi kabi UWB (Ultra-wide band) texnologiyasi qo‘llaniladi.
UWB texnologiyasi Bluetooth o‘rnini egallab, qurilmalararo ma’lumotlar yaxshiroq uzatilishiga xizmat qiladi. Ultra-wide band yo‘qolgan narsalarni topishda yordam beruvchi AirTagda ham foydalaniladi.
Yangi flagman ekranosti kamerali bo‘ladi. Smartfon qaysi turkumga mansubligi hozircha noma’lum. Katta ehtimol bilan u Mi 10Tning davomchisi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter