Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» «ayfon»ga o‘xshash texnologiyali va ekranosti kamerali smartfon chiqaradi

«Xiaomi» «ayfon»ga o‘xshash texnologiyali va ekranosti kamerali smartfon chiqaradi

Foto: «Ferra»

Taniqli insayder Digital Chat Station «Xiaomi» kompaniyasi  Xiaomi MI 11 Ultraga o‘xshash yangi flagman chiqarishini ma’lum qildi. «Ferra» yozishicha, unda «iPhone» va «Samsung» flagmanlaridagi kabi UWB (Ultra-wide band) texnologiyasi qo‘llaniladi.

UWB texnologiyasi Bluetooth o‘rnini egallab, qurilmalararo ma’lumotlar yaxshiroq uzatilishiga xizmat qiladi. Ultra-wide band yo‘qolgan narsalarni topishda yordam beruvchi AirTagda ham foydalaniladi.

Yangi flagman ekranosti kamerali bo‘ladi. Smartfon qaysi turkumga mansubligi hozircha noma’lum. Katta ehtimol bilan u Mi 10Tning davomchisi bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring