Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro standartlar va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha seminar tashkil etildi (video)

Xalqaro standartlar va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha seminar tashkil etildi (video)

Foto: Xabar.uz

26 avgust kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda tajribali ekspertlar tomonidan «Xalqaro standartlar (ISO 37001:2016 va ISO 9001:2015) asosida tizimli boshqaruvni joriy etish»,«Manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik va amaliyot» mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi.

ISO o‘zi nima? (International organization for standardization)

Xalqaro standartlarning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda yangi sifat tizimlarini ishlab chiqish va mavjud sifat tizimlarini takomillashtirish va ularni sertifikatlash uchun yagona uslubiy asosni yaratishdan iborat. Standartlashtirish sohasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik milliy standartlashtirish tizimini xalqaro, mintaqaviy va progressiv milliy standartlashtirish tizimlari bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Dunyoning turli mamlakatlarida biznes, munitsipal va davlat boshqaruv organlarida, birinchi navbatda, sifat menejmenti tizimlari, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy javobgarlik, atrof-muhitni boshqarish va axborot xavfsizligi talablarini belgilaydigan standartlarga ustunlik beriladi.

O‘quv seminarining so‘nngi taqdimoti esa Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda aholini evakuatsiya  qilish masalalariga qaratildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring