Prezidentning farmatsevtikaga oid farmoni bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi bilan hamkorlikda amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2024 yildagi "Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni mohiyatini sohani nazorat qiluvchi organi xodimlari va tadbirkorlarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan.
Farmonga muvofiq joriy yil 1-iyuldan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot sifatida e’tirof etilishi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilangan bo‘lib seminar ishtirokchilariga nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha shu jumladan tadbirkorlik subektlarda tekshirish o‘tkazish tartibi va muddatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan bu yo‘nalishdagi targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter