UMS yangi xizmatni ishga tushirdi
UMS kompaniyasi «raqam egasini o‘zgartirish» xizmati ishga tushganini ma’lum qildi.
Ushbu xizmatga ko‘ra, abonent raqamini boshqa kishi nomiga qayta rasmiylashtirish mumkin.
Xizmat narxi – 21 051,75 so‘m etib belgilangan.
Alohida toifadagi (platinum, gold, silver va hokazo) raqam egasi o‘zgartirilayotganda raqamning yangi egasi boshqa to‘lovlarni ham amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Qo‘shimcha to‘lov narxlari kompaniya saytida keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter