Bir haftada qariyb 18 milliard so‘mlik avtoraqam sotildi
O‘zbekistonda bir haftada qariyb 18 milliard so‘mlik avtoraqamlar sotildi.
Birja xabarlariga ko‘ra, o‘tgan haftada 4 331 ta avtoraqamlar bo‘yicha autsion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 17 mlrd 843,9 mln so‘mni tashkil etgan.
Amalga oshgan bitimlarning 95 foizi jismoniy (17 mlrd so‘mga teng) va 5 foizi yuridik (839,1 mln so‘mga teng) shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,1 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 206 mln so‘mni tashkil qildi.
Xabar tahrirlandi:
25-aprel soat 21:18 da chop etilgan mazkur xabar tahrirlandi. Raqamlarda ketgan xatolik uchun tahririyat o‘quvchilardan uzr so‘raydi. Xatolik, 26-aprel soat 11:25 holatiga, to‘g‘rilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter