Ucell: 111,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya
O‘tgan yil davomida Ucell mobil operatori tarmoq modernizatsiyasiga 111,5 mln dollar sarfladi: bu rasman e’lon qilingan O‘zbekiston uyali aloqa kompaniyalari investitsiyalari orasida hammasidan ko‘p. Alohida ta’kidlash kerakki, bunda Ucell barcha ishlab topilgan daromadni mamlakatda qolidirib, O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i rivojiga sarmoya qiladi.
Aloqa sifatiga kiritilgan yirik investitsiya Kompaniyaga 2022 yilda 2637ta xilma-xil turdagi yangi tayanch stansiya qurish imkonini berdi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining qator tumanlarida yangi ob’yektlar avval tarmoq qoplami bo‘lmagan aholi yashash punktlarida barpo etildi. Aloqa sifatining yaxshilanishi Andijon va Samarqand viloyatlarida, Buxoro shahrida, Toshkent – Samarqand trassasida qayd etildi. Uyali aloqa qamrovi hududining kengayishi, ma’lumot uzatish tezligining oshishi, ofislar tarmog‘ining rivojlanishi, qulay va hamyonbop tariflarning joriy etilishi tufayli Ucell abonentlar bazasi o‘sishida yetakchi pozitsiyalarni egalladi.
2022 yilda Ucell abonentlari soni 8 milliondan oshdi.
Texnologik bazaning sifat va son rivojlanishi
Ucell tarmog‘ida o‘tgan yili 331ta yangi ob’yekt ishga tushirildi va 781ta mavjud ob’yekt modernizatsiya qilindi, bu esa 2637ta yangi tayanch stansiyasini tijoriy foydalanishga topshirish imkonini berdi. Xususan:
- 661ta 2G formatidagi stansiya, ovozli aloqa;
- 468ta 3G formatidagi stansiya, ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish;
- 1488ta LTE 4G formatidagi stansiya, tezkor ma’lumotlarni uzatish;
- 20ta 5G formatidagi stansiya, beshinchi avlod mobil aloqa.
«O‘tgan yil kompaniya texnik departamenti tomonidan 110 km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yildi. Ucell tarmog‘ida ham 1800ta chastota diapazonini 2G standartidan 4G standartiga o‘tkazish bo‘yicha katta hajmdagi ish amalga oshirildi. Bu tezlikni oshirish va ma’lumot uzatish hajmlarini ko‘paytirish imkonini berdi.
Bunday yirik va texnologik qayta qurollanish taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishi, tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va trafigi oshishi, stansiyalarga ortiqcha yuk tushishi holatlarining sezilarli kamayishiga xizmat qildi», — dedi Ucell texnik direktori Aleksandr Moxov.
2022 yil boshi va oxirida «Hududiy elektr tarmoqlar» AJ tomonidan elektr ta’minotining o‘chirilishi holatlari ko‘plab qayd etildi. Bu qator hududlarda qurilmalarning turib qolish vaqtining ko‘payishiga asosiy sabab bo‘ldi. Agar Ucell bahordan kuzgacha bo‘lgan muddatda akkumulyator batareyalarini almashtirish bo‘yicha dasturni amalga oshirmagnida, dekabrdagi o‘chirishlar oqibatlari ancha sezilarli bo‘lardi. 2022 yilda jami 900ta ob’yektda 9000ta akkumulyator almashtirildi. Dizel generatorlari bilan jihozlangan antenna-machta inshootlari AMI joylashuviga qarab, 8 soatdan 49 soatgacha uzluksiz ishlash uchun yoqilg‘i bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 175ta ob’yektda quyosh batareyalari o‘rnatilgan.
O‘tgan 2022 yil Ucell qator global forumlar, shu jumladan, Samarqandda ShHT sammitini tashkillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgani bilan esda qoldi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida (2023 yil 1 yanvardan – Raqamli texnologiyalar vazirligi) kompaniya mutaxassislari «Samarqand» xalqaro aeroporti, Silk Road Samarkand turizm markazi va Samarqandning tarixiy markazida 5G tarmog‘ini yoyishdi. Mamlakat turizm markazlari, asosiy transport magistrallarida aloqaning rivojlanishi, hech qanday shubhasiz, O‘zbekistonning turizm uchun jozibadorligini oshiradi.
«Ucell’dagilar kompaniyada barchasi mukammal, degan fikrdan yiroq. Modernizatsiya ishlari olib borilgan va olib boriladi. Ucell tomonidan tarmoqni rivojlantirishga mo‘ljallangan investitsiyalar – yetakchilik yo‘lidagi strategik qadamlar.
Asl maqsad yetakchilik emas, kompaniya faoliyatida doimiy ravishda xizmat va servis sifati ustuvorligicha qolmoqda. Jamiyat raqamli olamga qadam qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Iqtisodiyot raqamlashtirildi. Har bir abonent smartfonida bir nechtalab bank ilovalari mavjud. Ucell Internetga ta’limiy-axborot muhiti, biznes yuritish vositasiga kirgandek kirish imkoniyatini yaratamoqda. Biz Ucell kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish yordamida O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun eng yaxshi hayot sifatini ta’minlashga intilmoqdamiz», — deya ta’kidladi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy.
Texnik qayta qurollanish, sifat va son jihatidan quvvatlarni oshirish, yangi ob’yektlar qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari 2023 yilda ham davom ettiriladi. Oldinda turgan maqsadlar orasida SWAP o‘tkazish: qator viloyatlardagi 1263ta tayanch stansiya uskunasini samarali, tezkor va zamonaviylariga almashtirish ko‘zda tutilgan. Bu ishda tarmoq modernizatsiyasi ishlab turgan tayanch stansiyalarida amalga oshirilishi asosiy chaqiriqdir. Eskirgan uskunalarni almashtirishdan tashqari, bu ish davomida 1600ta yangi logistika tayanch stansiyasi o‘rnatiladi.
Shunchaki. Hamisha. Arzonroq.
Ucell mobil operatori 2022 yilda hal qilgan ustuvor vazifa: tushunarliroq, arzonroq va foydalanish osonroq bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish orqali abonent hayotini qulaylashtirishdan iborat bo‘ldi.
«Yilning asosiy yangiligi: «Sof» tarif rejasi. Flagmanlik tarif rejasi abonentlar e’tirofini qozondi va eng yaxshi mijozlar tajribasiga ega mahsulot sifatida TAF!22 To‘rtinchi Toshkent reklama festivali mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tarif rejasining asosiy afzalliklari:
- abonent to‘lovi minus hisobiga olib qolinmaydi;
- ishlatilmagan traffik keyingi oyga o‘tadi;
- xarajatlar to‘liq nazorat qilinadi; qulay notifikatsiyalar tizimi.
Joriy etilgan yangilik internet paketlariga ham tegishli: abonent to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilgan holatda ishlatilmagan trafik ham keyingi oyga o‘tadi», — dedi Ucell tijoriy direktori Georgiy Churavtsov.
Qaysi o‘zbekistonlik «chiroyli raqamlar»ni yaxshi ko‘rmaydi? Bu xoh avtomobil raqami bo‘lsin, xoh mobil telefon raqami. «Istalgan raqam» xizmati abonentlarga shunchaki ulanish va muayyan tarifda 6 oydan 12 oygacha qolish evaziga chiroyli raqamni bepul olish imkoniyatini beradi. Shuningdek, chiroyli raqam uchun ikki yilgacha muddatli to‘lov imkoniyati bilan «Chiroyli raqam» xizmati ishga tushirilgan edi.
Bundan tashqari, har bir mavsum uchun maxsus aksiyalar ishlab chiqildi:
- tungi vaqtda ko‘proq internetga ega bo‘lish imkoniyati bilan «Yoz oqshomlari» aksiyasi;
- «Yanada arzon» kuzgi mega-aksiyasi doirasida yangi abonentlar uch oyga 25% chegirmaga ega bo‘lishdi;
- Dekabrdagi «Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar» aksiyasi.
Ucell tomonidan jahonning mashhur brendlariga tegishli smartfonlar sotuvlarini muddatli to‘lov evaziga narx ichiga kiritilgan tarif va bonuslar bilan butun mamlakat bo‘ylab yo‘lga qo‘yish ham ko‘p jihatdan yangilik bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston bozori uchun Huawei Y70 smartfonlarining 1.490.000 so‘mdan arzonlashtirilgan Yangi yil sotuvlari e’lon qilinishi betakror hodisa: bunday narx boshqa hech qayerda yo‘q. Smartfonlar narxlaridan oz-muncha xabari bor odam hayron bo‘lishi mumkin: devayslarni deyarli foydasiz realizatsiya qilishdan nima naf? Haqiqatdan ham, Ucell’da devayslar sotuvlaridan foyda olish maqsadi yo‘q. Uyali aloqa operatori abonentlar eng zamonaviy qurilmalardan foydalanishi va xizmatlardan faqat ilg‘or tajribaga ega bo‘lishi, demakki, biz bilan ko‘proq qolishidan manfaatdor.
Kompaniya tarixida Ucell hech qachon abonentlarga bu qadar yaqin bo‘lmagan: 2022 yilda sotuv salonlari soni 2,5 barobar oshdi va butun mamlakat bo‘ylab 80taga yetdi.
Hamma joyda bor, har kim uchun foydali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, uyali aloqa operatorlari tomonidan mamlakatga olib kiriladigan uskunalar, dasturiy ta’minot, material va ehtiyot qismlar import bojlaridan ozod etilishi tarmoqlar modernizatsiyasi uchun kuchli turtki bo‘ldi va O‘zbekistondagi aloqa darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
«Ucell’dagilar kompaniyada barchasi mukammal, degan fikrdan yiroq. Modernizatsiya ishlari olib borilgan va olib boriladi. Ucell tomonidan tarmoqni rivojlantirishga mo‘ljallangan investitsiyalar – yetakchilik yo‘lidagi strategik qadamlar.
Asl maqsad yetakchilik emas, kompaniya faoliyatida doimiy ravishda xizmat va servis sifati ustuvorligicha qolmoqda. Jamiyat raqamli olamga qadam qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Iqtisodiyot raqamlashtirildi. Har bir abonent smartfonida bir nechtalab bank ilovalari mavjud. Ucell Internetga ta’limiy-axborot muhiti, biznes yuritish vositasiga kirgandek kirish imkoniyatini yaratamoqda. Biz Ucell kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish yordamida O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun eng yaxshi hayot sifatini ta’minlashga intilmoqdamiz», — deya ta’kidladi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter