Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU talabalari xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi

TATU talabalari xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi

Foto: TATU matbuot xizmati

Joriy yilning 15-17-oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» (Open Source Software Technology Seminar)mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalarini rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra, treningni har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi. 15-oktyabr kuni «NIPA»ning 6 kishidan iborat delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

Foto: TATU matbuot xizmati

TATU talabalari hamda dasturiy mahsulotlar yaratishga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar yordamida ochiq kodli dasturiy mahsulotlar yaratish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-trening kursida universitetning professor-o‘qituvchilari va u talabalari ishtirok etishdi.

Foto: TATU matbuot xizmati

Kurs davomida tinglovchilar «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» nima uchun kerakligi, sun’iy intellektdan foydalanib, yangi ishlanmalarni yaratish va foydalanish asoslari, «Ochiq kodli dasturiy mahsulot»dan strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlari, «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» boshqaruvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Foto: TATU matbuot xizmati

17-oktyabr kuni o‘quv-trening yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda NIPA vakillari tomonidan o‘quv-treningda qatnashgan talabalarga xalqaro sertifikat topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring