Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

«O‘zmilliybank» AJ ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

«O‘zmilliybank» AJning korrupsiyaga qarshi menejment tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini sertifikatlashtirish auditorlik tekshiruvi joriy yil 23 avgustda muvaffaqiyatli yakunlandi. Shu munosabat bilan «O‘zmilliybank» AJ Bosh ofisi binosida ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda «O‘zmilliybank» AJ Boshqaruvi a’zolari, «CERT INTERNATIONAL» MChJ bosh auditori Riad Ibragimov va Bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.



Ma’ruzachilar tomonidan «O‘zmilliybank» AJda xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi joriy etilgani e’tirof etilib, bu boradagi ishlar izchil takomillashtirilayotgani ta’kidlandi.

2021-2024 yillar davomida, ekspertlar bilan hamkorlikda Bankning korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tadbiq etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qarorlariga asosan 2022-2024 yillarda «O‘zmilliybank» AJda «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshirildi.

Bundan tashqari korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlar baholanib, ularni kamaytirish choralari belgilandi.

Barcha bank xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi, har bir kurs yakunlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu sertifikatga erishish «O‘zmilliybank» AJ uchun shaffoflikni oshirish va axloqiy xulq-atvor va mas’uliyatning yuqori standartlariga sodiqligini namoyish etishda muhim qadamdir.

Sertifikatlash nafaqat xalqaro standartlarga muvofiqlik, balki Bankda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali vositalarini belgilaydi, bu uning halollik va mas’uliyat tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashdagi rolini oshiradi.

Eng asosiysi, ISO 37001:2016 sertifikati Bankning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini ko‘rsatib barcha darajalardagi boshqaruv apparatiga shaffoflik va ochiqlikni oshirish va ta’minlash yuzasidan katta mas’uliyat yuklaydi.

Tadbir so‘ngida Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini yanada takomillashtirish kelajak maqsad sifatida belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring