TATU talabalari xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi
Joriy yilning 15-17-oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» (Open Source Software Technology Seminar)mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalarini rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra, treningni har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi. 15-oktyabr kuni «NIPA»ning 6 kishidan iborat delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.
TATU talabalari hamda dasturiy mahsulotlar yaratishga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar yordamida ochiq kodli dasturiy mahsulotlar yaratish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-trening kursida universitetning professor-o‘qituvchilari va u talabalari ishtirok etishdi.
Kurs davomida tinglovchilar «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» nima uchun kerakligi, sun’iy intellektdan foydalanib, yangi ishlanmalarni yaratish va foydalanish asoslari, «Ochiq kodli dasturiy mahsulot»dan strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlari, «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» boshqaruvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
17-oktyabr kuni o‘quv-trening yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda NIPA vakillari tomonidan o‘quv-treningda qatnashgan talabalarga xalqaro sertifikat topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter