Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taqdimotga uch kun qolganida Xiaomi Civi smartfonlari suratlari tarqaldi

Taqdimotga uch kun qolganida Xiaomi Civi smartfonlari suratlari tarqaldi

Foto: «Gizchina»

«Gizchina» nashri jurnalistlari yangi turkum Xiaomi Civi smartfonlari fotolarini omma e’tiboriga havola etishdi. Holbuki, bu smartfonlarning taqdimoti 27-sentyabrga belgilangan.

Ko‘rinib turibdiki, yangi smartfonlar dizayni kompaniya shu paytgacha chiqargan boshqa smartfonlarnikidan uncha farq qilmaydi: ingicha rom, ekranning tepa markaziy qismidagi dumaloq frontal kamera, to‘rtburchak blokda joylashgan asosiy kamera — o‘sha-o‘sha.

Qurilmaning texnik tafsilotlari ham ma’lum bo‘lib ulgurdi. Aytilishicha, Xiaomi Civi smartfonlari Qualcomm Snapdragon 778G protsessorlarida ishlaydi. Xotirasi: operativ — 6/8/12 GB, ichki — 128/256/512 GB. Full HD+ yechimli 6,55-dyuymli AMOLED-ekranlar o‘rnatilgan. Smartfon quvvatni 33 vattli, 4250 mAs sig‘imli akkumulyatordan oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring