Sim kerakmas: suvni o‘zi qaynatuvchi birinchi termos ixtiro qilindi
Kimos kompaniyasi suvni o‘zi qaynatuvchi termosni ixtiro qildi. Bunaqa funksiya shu paytgacha bironta termosda yo‘q edi.
Kimos suvni qaynatish uchun 3 daqiqadan ozroq vaqt sarflaydi.
Termos germetik dizaynga ega, dam olish, sayohatga otlanganlar uchun ajoyib hamroh.
Undagi suv to‘rt soatgacha issiq turadi. USB orqali quvvatlanadi. Termos qizil, to‘q sariq va qora ranglarda chiqarilmoqda. Indiegogo platformasida narxi 89 dollardan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter