Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qattiq qotishmalar mustahkamligini oshiradigan kukun ixtiro qilindi

O‘zbekistonda qattiq qotishmalar mustahkamligini oshiradigan kukun ixtiro qilindi

O‘zbekiston olimlari va mutaxassislarining navbatdagi kashfiyotiga ixtiro patenti berildi. Qattiq qotishmalarga qo‘shish uchun volfram nano kukunini olish usuliga taqdim etilgan ushbu patent 100 foiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegishli.

Qayd etilishicha, ushbu usul kukun metallurgiyasida, nanokukunlarni olish va qo‘llashda foydalaniladi. Mazkur usul orqali qattiq qotishmalar ishlab chiqarish jarayonida qotishmaning mustahkamligi 16 foizga oshiriladi. Qattiq qotishmalarda eng og‘ir holatdagi parametr bu mustahkamlik bo‘lib, yangi ixtiro yuklama (bosim ostida) qotishmani sinib ketmasligini oldini oladi. Nanokukunlar qotishma ishlab chiqarishda rekristallizatsiya jarayonida faol qatnashib, zich materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Hozirda ushbu ixtiro OKMKning Chirchiq shahridagi tarkibiy bo‘linmasida qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llanilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring