O‘zbekiston mis mahsulotlarini AQSh va Meksikaga ham sotyapti
2023-yilda mis mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – AQSh, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi. Bu haqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda.
Mahsulotlar kesimida joriy yil yanvar-fevral holatiga 7,3 ming tonna mis mahsulotlari, 4,6 ming tonna rux metali, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik iste’molchilarga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, hisobot davrida kombinat tomonidan deyarli 82 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter