Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyotlarda turib ketishga mo‘ljallangan o‘rindiqlar: haqiqatmi yoki safsata?

Samolyotlarda turib ketishga mo‘ljallangan o‘rindiqlar: haqiqatmi yoki safsata?

Foto: «Hi-News»

Bundan sakkiz yillar oldin Italiyaning «Aviointeriors Group» dizaynerlik kompaniyasi samolyotdagi yo‘lovchilarni turgan holda tashishning o‘ziga xos usulini taklif etgandi. O‘sha vaqtda birorta aviatashuvchi mazkur usuldan foydalanishni istamagan, biroq yaqinda ushbu g‘oyani hayotga tatbiq etish istagini bildirgan mardlar paydo bo‘ldi. Yangilangan vertikal o‘rindiqlar Gamburgda (Germaniya) bo‘lib o‘tgan samolyotlar ko‘rgazmasida namoyish etildi, deb xabar beradi «Hi-News».

«Aviointeriors Group»ning fikricha hozirgi samolyotlardagi «ekonom-klass»lar juda qulay bo‘lib, uning o‘rnini vertikal o‘rindiqlarga almashtirish lozim. Bu esa o‘rindiqlar orasidagi masofani 70 dan 60 santimetrgacha qisqaritish imkonini beradi. Agarda g‘oya amalga oshsa salonga ketadigan yo‘lovchilar soni 20 foizga oshadi.

Foto: «Hi-News»

«Skyrider 2.0» nomini olgan loyihaning o‘rindiqlari xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Undan foydalangan yo‘lovchi o‘zini xuddi velosipedda ketayotgandek his qiladi.

Ixtirochi kompaniya avvaliga bu kabi o‘rindiqlarni qisqa reyslarda — masalan, Shotlandiyaning Uestrey hamda Papa Uestrey orollari o‘rtasida yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Mazkur orollar orasidagi masofa 1 daqiqayu 20 soniyada bosib o‘tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring