Rasman! O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar cheklandi
Ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O‘zbekiston hududida cheklandi. Bu haqda «O‘zkomnazorat» axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan «Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri»ga kiritildi va Internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter, TikTok va «VKontakte»ning ishlamayotgani yoki yaxshi ochilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter