Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar cheklandi

Rasman! O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar cheklandi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O‘zbekiston hududida cheklandi. Bu haqda «O‘zkomnazorat» axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan «Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri»ga kiritildi va Internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter, TikTok va «VKontakte»ning ishlamayotgani yoki yaxshi ochilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring