Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PwC — xalqaro kompaniyalar tarmog‘i O‘zbekistondagi tender g‘olibi bo‘ldi

PwC — xalqaro kompaniyalar tarmog‘i O‘zbekistondagi tender g‘olibi bo‘ldi

Foto: «Xaytek»

«PWC — Praysvoterxaus Kupers Konsultirovaniye» kompaniyasi «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro konsultant bo‘yicha tender g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi markazi xabar berdi.

«Xavfsiz shahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro konsultant jalb qilish bo‘yicha tenderda Germaniya, Rossiya, Xitoy, Isroil hamda mahalliy kompaniyalar o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.

PwC (PricewaterhouseCoopers) — xalqaro kompaniyalar tarmog‘i bo‘lib, auditorlik va konsalting xizmatlari, shuningdek soliqqa tortish va yuridik xizmatlarini ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring