Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tezkor chaqiruv — 112 xizmati ishga tushiriladi

Toshkentda tezkor chaqiruv — 112 xizmati ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Toshkentda «Xavfsiz shahar» integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

19-avgust kuni imzolangan qaror bilan AKT vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashishi markazi integratsiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida Toshkent shahrida quyidagilar tashkil etiladi:

▪ vaziyatlarni boshqarish yagona markazi;

▪ ma’lumotlarni qayta ishlash markazi;

▪ favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112);

▪ davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini «Xavfsiz shahar» tizimiga majburiy integratsiyalash;

▪ yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob’yektlar monitoringini olib borish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring