Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy O‘zbekiston hududlari xavfsizligi uchun $1 mlrd ajratadi

Xitoy O‘zbekiston hududlari xavfsizligi uchun $1 mlrd ajratadi

Foto: «knews.kg»

Hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning beshinchi majlisi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish rejasi qabul qilindi (24.09.2019-yildagi 805-son VMQga qarang), deb xabar bermoqda «Norma».

2019-yil aprelda O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan XXRda bo‘ldi, «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi. 27–29-avgustda O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 4 342 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan bitimlar, memorandumlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.   

Hukumat erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini tasdiqladi. Rejada ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar har bir loyiha bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va muntazam hisobot topshirib borishi lozim.

Yirik loyihalar jumlasiga O‘zbekiston hududlarida «Xavfsiz shahar» tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik ham kiritilgan. Uning doirasida Xitoy tarafi bilan qiymati 1 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan bitimlar imzolandi. Eslatib o‘tamiz, bu jamoatchilik xavfsizligini va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun mo‘ljallangan yagona integratsiyalashgan apparat-dastur kompleksidir. Poytaxtda 2020-yilning oxirgi choragida tizim ishga tushirilishi lozim. 2021-yil dekabrgacha mamlakat bo‘ylab tizimni montaj qilish va ishga tushirish ishlari olib boriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring