PwC — xalqaro kompaniyalar tarmog‘i O‘zbekistondagi tender g‘olibi bo‘ldi
«PWC — Praysvoterxaus Kupers Konsultirovaniye» kompaniyasi «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro konsultant bo‘yicha tender g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi markazi xabar berdi.
«Xavfsiz shahar» kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda xalqaro konsultant jalb qilish bo‘yicha tenderda Germaniya, Rossiya, Xitoy, Isroil hamda mahalliy kompaniyalar o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.
PwC (PricewaterhouseCoopers) — xalqaro kompaniyalar tarmog‘i bo‘lib, auditorlik va konsalting xizmatlari, shuningdek soliqqa tortish va yuridik xizmatlarini ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter