O‘zbekiston va Hindiston texnoparklari hamkorlikni kuchaytiradi
Bugun, 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi va Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) vitse-prezidenti Devesh Tyagi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda IT-Park markaz va filiallarida trening va turli tadbirlarni o‘tkazish maqsadida hindistonlik mutaxassislarni jalb qilish, IT-Park kompaniya rezidentlari mahsulotlarini chet el bozorida ilgari surish, birgalikda ko‘rgazma va forumlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, STPI kompaniya a’zolari uchun O‘zbekistonga biznes safarlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Hindiston texnoparklarida xodimlarning malaka oshirishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) 1991-yilda Hindistonda dasturiy ta’minotning eksportini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur jamiyat dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirishga va eksport qilishga ko‘mak beradi, AKT sohasiga oid qonunchik bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter