Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Kattaqo‘rg‘onda ochildi
Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
Kecha, 7-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi» foydalanishga topshirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida 26 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qilishmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni ijrosini amalga oshirish natijasida ushbu yoshlarning 5 ming nafardan ortig‘ini axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini oshirish nazarda tutilgan.
Dastlabki, bir yil davomida ushbu raqamli texnologiyalar markazi 1800 nafardan ortiq kattaqo‘rg‘onlik yoshlarni robototexnika, dasturiy ta’minot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun:
- Respublika miqyosida «Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz»larini tashkil etish bo‘yicha shu kunga qadar Namangan (Namangan sh., Kosonsoy t.), Farg‘ona (Marg‘ilon sh.), Andijon (Andijon sh.), Sirdaryo (Mirzaobod t.), Buxoro (Kogon sh.), Xorazm (Xiva sh.), Surxondaryo (Angor t.), Toshkent viloyatida (Bo‘ka, Pskent, Oqqo‘rg‘on t. va Yangiyo‘l sh.), Toshkent shahrida (Uchtepa, Olmazor t.), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Nukus sh., Beruniy, Qonliko‘l va Mo‘ynoq t.) jami 18 ta markaz filiallari tashkil etilgan bo‘lib, bugun ularning soni yana bittaga ortdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter