Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mazkur dastur yordamida shunchaki qarsak chalib smartfoningiz qayerda ekanligini topishingiz mumkin

Mazkur dastur yordamida shunchaki qarsak chalib smartfoningiz qayerda ekanligini topishingiz mumkin

Foto: «Google Play»

«Android»lar uchun yaratilgan mazkur dastur qarsak chalganingizni eshitib, o‘zining qayerdagiligini «bildirib» qo‘yish uchun baland ovoz chiqara boshlaydi, deb xabar beradi «Layfxaker».

«Clap To Find My Phone» — smartfonini uyda yoki ishda muntazam yo‘qotib qo‘yuvchilar uchun ajoyib dastur. Uni ishga tushirib, mikrofonining sezgirlik dajarasini sozlagan holda xonaning istalgan joyidan turib qarsak chalishingiz hamda u qayerda yotganini topishingiz mumkin. Shundan so‘ng «Start Now» tugmasini bosgan holda, yana ushbu funksiyani yoqib qo‘yish mumkin.

Sizda qarsaklar necha marotaba chalinishi kerakligini va yangraydigan musiqa turini belgilash imkoniyati mavjud. Standart musiqani qoldirish, shuningdek, LED-chirog‘ini, vibratsiya va ekranning miltillashini o‘chirib qo‘yishning ham iloji bor.

Dastur ma’lum bir jadval bo‘yicha ishlab, qarsaklarga quvvat olayotganida «javob» qaytarmasligi ham mumkin. Bundan tashqari uning ovozini PIN-kod o‘rnatgan holda o‘chiradigan qilib qo‘ysa bo‘ladi. Mazkur dasturning pulli versiyasida reklamalar mavjud emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring