2024-yil uchun davlat dasturi muhokamaga e’lon qilindi
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezidenti farmoni loyihalari ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz veb-saytiga joylashtirildi.
Farmon loyihasiga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan boshlab:
- hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va havo tarkibida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini, ayniqsa yurak, qon-tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
- 500 va undan ortiq kvadrat metrlik qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish;
- Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida «YeVRO – 5» va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklash nazarda tutilmoqda.
Loyihalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter