Millionlab smartfon egalarining shaxsiy ma’lumotlari xavf ostida
«Android» operatsion tizimida ishlovchi smartfonlarning o‘n millionlab egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavf ostida qoldi. «Cybernews» portali jami 69 millionta qurilmaga o‘rnatilgan potensial xavfli dasturlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 22-aprel kuni chop etilgan materialning yangilangan talqiniga ko‘ra ro‘yxatga 101 ta dastur kiritilgan.
Ularning hammasi «Google Play Store» orqali tarqalgan. Bunda ishlab chiqaruvchilar guruhi begonalarning dasturlarini o‘g‘irlab yoki ko‘chirib olishgan va ularni o‘zaro muvofiqlashtirishgan. Dasturlarning xavfi shundaki, ishga tushirishdan oldin ular foydalanuvchilardan smartfonda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar va kameraga kirishga ruxsat berishni talab qilishadi.
«Cybernews» tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, ro‘yxatdagi dastur foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavf ostida. Negaki, ishlab chiqaruvchilar kamera, mikrofon, fotosuratlar, elektron pochta, shuningdek, yetkazib berilgan manzillar va to‘lov ma’lumotlaridan o‘z maqsadlarida foydalanishi mumkin.
Ro‘yxatga turli mavzudagi ko‘plab dasturlar kiritilgan. Masalan, Minecraft o‘yini uchun modalar (Mod for Minecraft, Mods For Minecraft Animals 2019), metronom (Metronome And Tuner For Instrument), QR-kod uchun skanerlar (QR Code Scanner & Barcode Reader, Product Checker) va hokazo.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter