Lyuksemburgda milliard yevrolik superkompyuter ishga tushiriladi
Lyuksemburgda noyabr oyida Yevropa hisoblash markazi ochiladi. Unda dunyodagi «kuchli beshlik»ka kiruvchi ikkita superkompyuter ishlaydi. Bu haqda «Doyche Velle» xabar berdi.
Yevrokomissiyaning tegishli taklifi Yevropa ittifoqi mamlakatlari tomonidan bugun, 28-sentyabr kuni Bryusselda qabul qilindi.
Yevropa hisoblash markazini qurishda 24 mamlakat, jumladan, YeI a’zosi bo‘lmagan Norvegiya ham qatnashmoqda.
Loyiha uchun 485 mln. yevro YeI budjetidan, 400 mln. yevro a’zo-mamlakatlar tomonidan, 400 mln. yevro xususiy kompaniyalar tomonidan ajratiladi.
Mana shu pullarga (1,285 mlrd. yevro) ikkita superkompyuter majmuasi keltiriladi. «Kichik mamlakat»dagi «katta kompyuter» Yevropa mamlakatlaridagi barcha superkompyuterlar bilan yagona tarmoqqa birlashtiriladi.
Hozir dunyodagi superkompyuterlarning eng kuchlisi AQShda: 2018-yil iyun oyida ishga tushirilgan «Summit» 200 petaflops quvvatga ega.
Bungacha jahon reytingini boshqargan Xitoyning «Sunway TaihuLight» superkompyuteri 93 petaflopslik ko‘rsatkichga ega.
Germaniyaning eng kuchli superkompyuteri «Juwels» 6,2 petaflopslik ko‘rsatkich bilan dunyoda 23-o‘rinda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter