Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lyuksemburg hukumati O‘zbekistonga ilk elchisini tayinladi

Lyuksemburg hukumati O‘zbekistonga ilk elchisini tayinladi

Tom Rayzen Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

«Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.

U, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozimligini ta’kidlaydi.

«Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring