Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik milliarder Lyuksemburgdan $15,8 mlrd to‘lashni talab qildi

Rossiyalik milliarder Lyuksemburgdan $15,8 mlrd to‘lashni talab qildi

Mixail Fridman.

Foto: Reuters

Rossiyalik milliarder Mixail Fridman Lyuksemburg hukumatiga tinchlik yo‘li bilan muzokaralar boshlashni va unga bu mamlakatda muzlatib qo‘yilgan mablag‘lari kompensatsiyasi sifatida $15,8 mlrd to‘lashni taklif qildi. Aks holda milliarder xalqaro arbitrajga murojaat qilmoqchi, deb yozdi «Vedomosti» voqeaga yaqin ikki manbaga asoslanib.

Fridmanning yuristlari Lyuksemburg hukumatiga ogohnomani fevralda yo‘llagan, biroq hanuz javob olinmagan. Yevropa Ittifoqi sanksiyalari doirasida o‘z aktivlari muzlatilishini rus milliarderi noqonuniy ekspropriatsiya — majburan tortib olish, deb hisoblamoqda.

15,8 mlrd dollar — taxminiy baho, chunki sanksiyalar tufayli Fridman Yevroittifoqdagi baholovchi ekspertlar xizmatidan foydalana olmaydi, milliarderning Lyuksemburgdagi kompaniyalariga esa u bilan moliyaviy axborot almashish taqiqlangan, deyishmoqda nashr manbalari.

10-aprelda Lyuksemburgdagi birinchi instansiya sudi rossiyalik tadbirkorlar Pyotr Aven va Mixail Fridmanga qarshi qo‘llagan Yevropa Ittifoqining personal sanksiyalarini bekor qilgandi.

2023-yil noyabrida Aven va Fridman ilgari G‘arbga sarmoya kiritish — xatolik bo‘lganini aytishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring