«Lenovo» ekrani bukiluvchi ilk noutbugini taqdim etdi — CES-2020

Xitoyning «Lenovo» kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan Consumer Electronics Show (CES) 2020 ko‘rgazmasida ekrani bukiluvchi «ThinkPad X1 Fold» noutbugini taqdim etdi.

Bu «Windows» operativ tizimida ishlovchi ilk bukilma ekranli qurilmadir. Undan planshet kompyuter sifatida foydalanish yoki magnitli klaviaturaga ulab to‘laqonli noutbuk sifatida ishlatish mumkin.
«ThinkPad X1 Fold» 2020-yilning o‘rtalarida sotuvga chiqariladi. 13,3 dyuymli ekrani bukiluvchi «Lenovo»ning narxi $2500 atrofida. Noutbuk beshinchi avlod aloqa standarti — 5G ni ham qo‘llaydi. «Lenovo» qo‘shimcha qilishicha, bukiluvchi ekranli qurilmalar uchun «Microsoft» kompaniyasi «Windows 10» operativ tizimining maxsus talqinini ishlab chiqadi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter