Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 xotirasi rekord ko‘rsatkichga kengaytiriladi

iPhone 14 xotirasi rekord ko‘rsatkichga kengaytiriladi

Foto: «Apple»

2022-yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan ayfon katta modellari turkumining operativ xotirasi tarixiy rekord ko‘rsatkich — 8 gigabaytga kengaytiriladi. Shu tariqa «Apple» kompaniyasining yangi smartfonlari yaqinda taqdim etilgan Samsung Galaxy S22 modellariga tenglashib oladi.

Bu haqda «MacRumors» Janubiy Koreyaning «Naver» blogiga asoslanib xabar berdi. Insayderga ko‘ra, iPhone 14 ni seriyali chiqarishga hozirlik boshlab yuborilgan.

Ayfon operativ xotirasi kengayishi haqida o‘tgan yili «Haitong International Securities» tahlilchisi Jeff Pu ham yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max 6 GB operativ xotiraga ega.

iPhone 14 taqdimoti sentyabr yoki oktyabrda bo‘lishi kutilyapti. Ayrim manbalarga ko‘ra, «Apple» kompaniyasi mini variantidan voz kechib, iPhone 14 Max smartfonlarini rivojlantirishga zo‘r beradi. Turkumda to‘rt model: 6,1 dyuymli iPhone 14/14 Pro va 6,7 dyuymli iPhone 14 Max/14 Pro Max modellari o‘rin olishi kutilmoqda.

Operativ xotiralardan tashqari, iPhone 14 ning barcha modellarida ichki xotira ham maksimumga yetkazilishi kutilyapti: kichiklarida — 512 GB dan 1 TB gacha, kattalarida — 2 TB gacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring