Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 17 — oldingi «ayfonlar»ga o‘xshamaydi

iPhone 17 — oldingi «ayfonlar»ga o‘xshamaydi

Foto: Macrumors.com

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyatli savdo munosabatlariga qaramasdan, Apple kompaniyasi iPhone 17 smartfonlarida so‘nggi yillardagi eng jiddiy yangilanishni amalga oshiradi. Bu haqda PhoneArena xabar berdi.

Aytilishicha, iPhone yangi turkumi 3 nanometrli Apple A19 va A19 Pro chiplarida ishlaydi. Asosiy 48 Mp kamera yangilanib, 24 Mp selfi-kamera ham butunlay yangicha bo‘ladi. Akkumulyatorlar sig‘imi va imkoniyati kuchaytiriladi: teskari quvvatlash texnologiyasi ishlaydi — oldingi «ayfonlar»da bu yo‘q edi.

Qolaversa, bu turkum yangi C2 modemida ishlab, 5G tarmoqlarini yanada yaxshiroq qabul qilishi aytilmoqda. iOS 19 operatsion tizimi esa sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar bilan boyitilgan.

Albatta, savdo urushi tufayli global ta’minot muammolardan xoli emas. Shu bois, garchi xarajatlar oshishiga olib kelsa ham, Apple muqobil ta’minotchilar bilan hamkorlik qilmoqchi. iPhone 17 turkumini iyun oyidan seriyali chiqarish rejalashtirilgan, Amerika bozori uchun smartfonlarning katta qismi Hindistonda yig‘ilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring