Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insonlarni suratga olish sifati bo‘yicha eng yaxshi iPhone, Samsung, Xiaomi va Vivo modellari solishtirildi

Insonlarni suratga olish sifati bo‘yicha eng yaxshi iPhone, Samsung, Xiaomi va Vivo modellari solishtirildi

Foto: Ferra

Versus YouTube kanali boshlovchisi Xiaomi 15 Ultra, Galaxy S25 Ultra, Vivo X200 Pro, iPhone 16 Pro Max smartfonlari portret rejimida qanday surat va video olishini namoyish etdi.

Ular portret rejimisiz barcha smartfonlarda telefoto linzalari yordamida olingan suratlar sifatini sinovdan o‘tkazishdi. 

Ushbu ssenariydagi eng yaxshi suratlar Vivo X200 Pro va Samsung S25 Ultra tomonidan, eng yomoni esa Xiaomi 15 Ultra va iPhone 16 Pro Max tomonidan olingan. Ularni Lumixdagi fotosuratlar bilan solishtirdi.

Portret rejimi yoqilgan vaqtda iPhone eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. Lumix bilan solishtirganda eng yaxshi suratlar esa Vivo, Xiaomi, Samsungda olingan.

 Agar siz asosiy kamerada portret rejimini yoqsangiz, eng yaxshisi yana Vivo. Biroq, kam yorug‘likda Vivo eng sifatsizi, iPhone esa eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. 

Portret videosi Samsungda eng yomoni, iPhoneda esa eng yaxshisi bo‘lib chiqdi. 

Xulosa qilib aytganda, Vivo X200 Pro portret rejimida suratga olishda boshqalarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi. Biroq, u hali professional kamera bilan tenglasha olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring