Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 14 smartfonida SIM-karta uchun joy yo‘q

iPhone 14 smartfonida SIM-karta uchun joy yo‘q

Foto: «Vesti»

Xabarlarga ko‘ra, «Apple» kompaniyasi 2022-yilning sentyabrida taqdim etadigan navbatdagi ayfon (iPhone 14)ga odatiy SIM-kartani o‘rnatish mumkin emas — qurilma uyali tarmoqlarga eSIM texnologiyasi vositasida ulanadi. Bu o‘zgarish kamida AQSh bozorini qamrab oladi.

«MacRumors» kompaniyadagi nomi oshkor qilinmagan manbasiga asoslanib yozishicha, «Apple» AQShdagi yirik mobil aloqa operatorlarini smartfonda ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilgan.

Manba nashrga taqdim etgan hujjat nusxasida jismoniy SIM-kartalardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rish haqida gap boradi. Ammo unda aynan «Apple» va uning smartfonlari nomlari keltirilmagan. «Apple» o‘z smartfonlaridan SIM-slotni olib tashlashi haqida yaqinda Braziliyaning «Blog do iPhone» texnoblogida ham xabar chiqqandi. Biroq unda 2023-yil haqida gap bor.

Oxirgi chiqarilgan iPhone 13 mohiyatan uch sim-kartali: bitta jismoniy SIM-karta bilan bir paytning o‘zida ikkita virtual eSIM-kartani ishlatish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring