Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeriga reklamalarni taqiqlovchi funksiyani qo‘shdi

Foto: «iguides.ru»

«Google» o‘zining «Chrome» brauzeri oynasiga chiqib qoladigan reklamalarni bloklashni boshladi. Bu bilan kompaniya o‘z daromadlarining bir qismida mahrum bo‘ladi. Yangi funksiya mashhur brauzerning 64-versiyasida paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi «Nv.ua».

«Google»ning reklama bloklovchisi barcha e’lonlarni taqiqlamaydi. U alohida asabga teguvchi reklamalarni bloklaydi va oddiylariga ruxsat beradi. Kompaniyaning asosiy daromadini reklamalardan keladigan pullar tashkil etgani bois, «Google» barcha e’lonlardan voz kechmaydi.
«Ko‘plab foydalanuvchilar odamning asabiga tegadigan rekalamalardan norozi bo‘lib, ularni bloklamoqda. Biroq barcha e’lonlarni bloklash sayt va reklama beruvchilarning zarariga ishlaydi», — deydi «Google» vitse-prezidenti Roy-Chodri.

Xususan, taqiqqa brauzer oynasiga «suzib» chiquvchi reklamalar, katta reklama stikerlari, avtomatik tarzda ishga tushadigan ovozli reklamalar, shuningdek, vaqti belgilangan reklamalar uchraydi. Bundan tashqari mobil qurilmalar ekranining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini egallaydigan reklamalarga ham ruxsat berilmaydi.

«Google»ning ma’lum qilishicha, hozirda saytlarning 42 foizi shu turdagi reklamalarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring