Ertadan «Samsung Galaxy Note 10» 70 ta mamlakatda sotuvga chiqadi
«Regnum» yozishicha, ertaga, 23-avgustdan «Samsung» kompaniyasining «Galaxy Note 10» yangi flagman smartfoni 70 ta davlat sotila boshlanadi. Bu haqda «Yonhap News» kompaniya vakillariga tayanib xabar tarqatgan.
Smartfon savdosi Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Singapur, Tailand, Hindiston, Avstraliya, shuningdek, Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida start oladi.
Sentyabrning boshidan flagman sotiladigan mamlakatlar soni 130 taga ko‘payadi.
AQShda «Unpacked» nomi ostidagi tadbirda yangi mahsulot taqdimotidan so‘ng Janubiy Koreya kompaniyasi smartfonni Hindiston, Chili va Avstraliyada namoyish qilgan.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, joriy yilning 9–19-avgust kunlari «Galaxy Note 10»ga oldindan buyurtmalar soni 1,3 mln.taga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter