Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan ish beruvchilar uchun EMBRAS 2021 xalqaro sovrinining ikkita mukofotiga sazovor bo‘ldi

Beeline Uzbekistan ish beruvchilar uchun EMBRAS 2021 xalqaro sovrinining ikkita mukofotiga sazovor bo‘ldi

Toshkentda xalqaro HR sammiti va EMBRAS 2021 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Beeline Uzbekistan o‘zining mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchilardan biri maqomini tasdiqladi va birdaniga ikkita tanlov — «Iste’dodlarni rivojlantirish» va «Ochiq muloqot» nominatsiyalarida laureatga aylandi.

EMBRAS — bu jahon miqyosidagi mutaxassislar o‘zlarining xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi tajribalari bilan bo‘lishadigan platforma. Bu yil sammitda Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Latviya va O‘zbekistondan ma’ruzachilar qatnashdi. Ishtirokchilar HR sohasida raqamli transformatsiyaning yo‘nalishini muhokama qildilar, soha tendensiyalari va xodimlarning faolligi va farovonligini oshirish uchun yangi tahlil vositalarini o‘rgandilar va Yevrosiyodagi yetakchi ish beruvchilar misollari bilan tanishdilar.

Sammitning bir qismi EMBRAS 2021 (Employer Brand Award) taqdimoti bo‘ldi. Beeline Uzbekistan eng yaxshi ish beruvchilarning nufuzli reytingiga ikki marta kiritilgan.

«Ochiq muloqot» nominatsiyasida xalqaro hay’at a’zolari «Ichki korporativ tarmoq Connect» loyihasini taqdirladilar. Kompaniya mutaxassislari tomonidan noldan yaratilgan ushbu intranet platformasi Beeline Uzbekistan’ning katta jamoasini birlashtirish uchun axborot byulleteni, yangiliklar lentasi, messenjer va boshqa xususiyatlarni o‘z ichiga olgan. Operatorga mukofotning laureati unvonini keltirgan ikkinchi loyiha — bu HiPo — iste’dodlarni rivojlantirish. Ushbu dastur yuqori salohiyatli xodimlarni aniqlash va rivojlantirish, iqtidorlar zaxirasini yaratish bo‘yicha ham Beeline-HR jamoasi tomonidan to‘liq ishlab chiqilgan.

«Biz uchun bu mukofotlar ikki baravar qadrlidir, chunki biz barcha loyihalarni jamoamiz tomonidan, tashqi tashkilotlarni jalb qilmasdan amalga oshirganmiz. Beeline’da biz diqqatni jarayonlardan odamlarga o‘zgartirish, insonga yo‘naltirilgan biznesni yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Bizning sa’y-harakatlarimizni yuqori baholaganliklari uchun hay’at a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz», — deydi Sofiya Gainutdinova, Beeline Uzbekistan xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori.

Beeline Uzbekistan kompaniyasi haqida

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan. Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline SB O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz
Facebookfb.com/beeline.uz
Instagrambeeline_uzbekistan
Telegram: t.me/uzbeelineuzb
Twittertwitter.com/beeline_uz
LinkedInlinkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring