
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi
Yanvar oyida VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan mamlakat poytaxti, o‘nta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida avval ishga tushirilgan 150 dan ortiq baza stansiyalarini (BS) modernizatsiya qildi. Yangilangan qurilmalar 4G/LTE tezkor ma’lumot uzatish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Beeline Uzbekistan 100 nafar o‘qituvchiga sun’iy intellekt va kibergigiyenani o‘zlashtirishda ko‘maklashdi
Toshkent shahridagi davlat va xususiy maktablarning 100 nafar informatika o‘qituvchisi «Neyron tarmoqlar va sun’iy intellektni qo‘llash» hamda «Kiberxavfsizlik va kibergigiyena» dasturlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini yakunladi. Pedagoglar uchun ta’lim dasturi Tashkent International University of Education (TIUE)da Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda
Toshkentda «Hamkoringizni biling: samarali vositalar» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning asosiy mavzusi biznesni axloqiy yuritish me’yorlariga rioya qilish edi. VEON guruhi vakillari hamkorlar bilan munosabatlar xavfsizligini ta’minlash va komplayens tamoyillariga amal qilish orqali kompaniya biznesini mustahkamlash haqida so‘zlab berishdi.

GSMA Beeline Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda M360 Euroasia’ni Toshkentga olib keladi
Amsterdam, Dubay va Toshkent, 2024 yil 19 noyabr: VEON Ltd. (Nasdaq: VEON, Euronext Amsterdam: VEON), global raqamli operator («VEON» yoki «Kompaniya») bugun Beeline Uzbekistan sho‘ba korxonasi, GSMA va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan 2025 yil 20-21 may kunlari Toshkentda M360 Eurasia 2025 tadbirini o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini (Memorandum) imzolaganini e’lon qiladi.

Shaharlar, qishloqlar, avtomagistrallar: Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda
Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda o‘z tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasini davom ettirmoqda. Telekommunikatsiya sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchi va sarmoyadorlaridan biri sifatida, operator mamlakat iqtisodiyotini yanada raqamlashtirish uchun muntazam ravishda poydevor yaratmoqda.

VEON GSMA Open Gateway tizimi asosidagi innovatsion texnologiyani ishga tushirmoqda
VEON AdTech ishlamalari tijoriy optimallashtirish, moliyaviy xavfsizlik hamda tabiiy ofatlar haqida ogohlantirish tezligi va aniqligini ta’minlovchi xizmatlarni yaratishga qaratilgan.

Beeline Uzbekistan ayollar yetakchiligi sohasidagi «Tenglar ichida yetakchi» mukofotini qo‘llab-quvvatladi
«Kursiv» ishbilarmonlik nashri tomonidan tashkil etilgan «Tenglar orasida yetakchi» taqdirlash marosimi 14 dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Beeline Uzbekistan Navoiy viloyatida VoLTE texnologiyasini keng miqyosda ishga tushirishni boshlamoqda
Beeline Uzbekistan mijozlarining smartfonlaridagi tiniq tovush bosqichma-bosqich mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud bo‘ladi. Hozirda xizmat Navoiy shahri va Navoiy viloyatida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, VoLTE texnologiyasini keng miqyosda ishga tushirish ishlari kuz faslining oxirigacha yakunlanadi.

Beeline Uzbekistan mamlakatning Markaziy hududiga 4G yetkazib bermoqda
Beeline Uzbekistan joriy yilning sentyabr oyida yakunlagan tarmoq modernizatsiyasining birinchi bosqichi doirasida 190 ta baza stansiyasini modernizatsiya qildi, buning natijasida O‘zbekistonning yana uchta hududida aloqa yaxshilandi.

50 nafar yosh IT-mutaxassislar Beeline Uzbekistan’dan grantlar yutib olishdi
Beeline Uzbekistan Astrum IT Academy bilan birgalikda IT-mutaxassislarni kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish uchun birlashishdi.