«Apple» yangi «iPhone»ni taqdim etdi
Amerikaning «Apple» kompaniyasi yangi «iPhone 12»ni taqdim etdi. Smartfon 13-oktyabr kuni Kupertinoda namoyish etildi.
Kutilganidek, mazkur modelning asosiy xususiyatlaridan biri 5G simsiz tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashidir.
Smartfon OLED-displeyi va o‘ta chidamli yangi «Ceramic Shield» oynasiga ega. Shuningdek, u oldingilariga qaraganda 11 foizga yupqalashdi, 15 foizga kichraydi va yengillashdi.
Gadjetning dizayni chetlarining tekisligidan «iPhone 4» va «iPhone 5», shuningdek, «iPad»ga o‘xshab ketadi.
Ushbu modelning ham avvalgisi singari ikkita kamerasi bor. «Apple» yorug‘lik manbaiga qarshi suratga olish imkonini beradigan yangi «Smart HDR 3» funksiyasi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, yangilangan kamerada tungi suratga olish tartibi yaxshilangani aytilmoqda.
«iPhone 12» displeyining diagonali 6,1 dyuymni tashkil etadi.
Yangi model beshta rangda sotuvga chiqariladi — qora, oq, qizil, yashil va ko‘k.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter