AKT vaziriga yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchi saylandi

Laziz Yodgorov, vazirning yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi.
Bugun, 13-fevral kuni IT-Park shou-rumida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov axborot texnolgiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

«Ushbu uchrashuvni o‘tgan yili o‘tkazishni rejalashtirgan edik, ammo turli sabablar bilan ortda qolayotgan edi. Mana, bugun hammamiz uchrashdik. Rasmiylikdan qochamiz, – dedi vazir. – Sohada amalga oshirilayotgan ishlar sizni qoniqtiryaptimi, qanday takliflaringiz bor?»

Qayd etilishicha, o‘tgan vaqt davomida vazirlik tizimidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod yoshlar ishga qabul qilingan. Shuhrat Sodiqov sohadagi ana shu yoshlar bilan shug‘ullanadigan mas’ul bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.

Vazirlik bosh mutaxassisi Laziz Yodgorov vazirning yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchi etib saylandi.
Uchrashuv davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter