Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar aniqlandi

2021-yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar aniqlandi

Foto: «Mobiltelefon»

IDC kompaniyasi 2021-yilning o‘tgan uch choragida jahon bozorida qaysi smartfonlar eng ko‘p sotilganini aniqlashtirdi.

Qiziqarli top-5 shakllandi: bitta samsungni hisobga olmaganda,  hammasi — ayfonlar.

Demak, 2021-yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni hozircha — iPhone 12. Shuncha ayfon orasida hamyonbop Samsung Galaxy A12 ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi pog‘onalarda faqat Apple smartfonlari: iPhone 11, iPhone 12 Pro Max, iPhone 12 Pro. Guvohi bo‘lyapmizki, ayfonlarning 13-turkumi hali kuchli beshlikka kirishga ulgurmagan. Albatta, bu ularning taqchilligi bilan ham izohlanadi.

Bir yarim yil avval iPhone 11 eng ommalashgan smartfon edi. O‘shanda  ikkitadan Redmi va Samsung telefonlari top-5ga kirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring