Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi

Foto: «uzedu.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-iyundagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga ko‘ra Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi «Innovatsiya, texnologiya va strategiya» markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Karimjonov 2019-yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Boboxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.

Rustam Karimjonov 2009-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011-yilda Koreya Respublikasidagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring